🚀 AFRASIAB UNIVERSITY «Startaplar klubi» a’zoligiga qabul boshlandi!
📣 Hurmatli professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar, doktorantlar, magistrantlar hamda tashabbuskor talabalar!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-fevralda “Startaplarni qoʻllab-quvvatlashning kompleks ekotizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-59-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 9-iyulda “Salohiyatli yoshlar uchun “Startaplar klublari”ni tashkil etish va ularning innovatsion ishlanmalarini ishlab chiqarish korxonalariga joriy qilish toʻgʻrisida”gi 287-son buyrug‘i, Universitetning 2026-yil 29-iyulda “Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 9-iyuldagi 287-sonli buyrug'i ijrosini ta'minlash to'g'risida"gi 75-A-sonli buyrug'i.
Klubning asosiy vazifasi — talaba-yoshlar va tadqiqotchilarning innovatsion g‘oyalarini aniqlash, ularni istiqbolli startap loyihalariga aylantirish hamda amaliyot va real sektor bilan bog‘lash uchun zarur muhit yaratish.
🎯 Klub faoliyatining asosiy yo‘nalishlari:
💡 Innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash — istiqbolli ilmiy, texnologik va amaliy tashabbuslarni aniqlash hamda rivojlantirish.
🤝 Ilm-fan va amaliyot integratsiyasi — ilmiy ishlanmalarni ishlab chiqarish, biznes va real sektor ehtiyojlari bilan bog‘lash.
🚀 Startap loyihalarni rivojlantirish — g‘oyalarni tayyor loyiha bosqichigacha olib borish, ularni takomillashtirish va tijoratlashtirishga ko‘maklashish.
📈 Innovatsion faoliyatni rivojlantirish — universitetda startap ekotizimini shakllantirish va tashabbuskor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash.
🔬 Startaplar klubi quyidagi istiqbolli yo‘nalishlardagi loyihalarni qabul qiladi:
💻 Axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt
🌱 Agrosanoat va yashil iqtisodiyot
🧬 Biotexnologiya
🏭 Sanoat va muhandislik
🔬 Boshqa innovatsion va istiqbolli yo‘nalishlar
🟢 Klub a’zolari uchun imkoniyatlar:
✔️ malakali mentorlar, ilmiy rahbarlar va soha mutaxassislari bilan ishlash;
✔️ pitching-sessiyalar, startap forumlari va hakatonlarda ishtirok etish;
✔️ innovatsion seminarlar va mentorlik dasturlarida qatnashish;
✔️ loyihalarni ekspertlar va biznes vakillari ishtirokida rivojlantirish;
✔️ istiqbolli loyihalarni moliyalashtirish va real sektorga joriy etishga tayyorlash.
Startap loyihalarni saralashda innovatsionlik darajasi, texnologik tayyorgarligi, real sektor ehtiyojlariga mosligi, tijoratlashtirish salohiyati, jamoaning imkoniyatlari hamda loyihaning iqtisodiy va ijtimoiy samaradorligi inobatga olinadi.
👩💻👨💻👨🏫 Startaplar klubiga bakalavriat va magistratura talabalari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, professor-o‘qituvchilar hamda yosh tadqiqotchilar a’zo bo‘lishlari mumkin.
🤝 Ilmiy va innovatsion g‘oyalaringizni rivojlantiring, yangi loyihalar yarating va ularni real natijaga aylantiring.
🚀 AFRASIAB UNIVERSITY — yangi g‘oyalar va yangi imkoniyatlar uchun muhit.