Atoqli adib, shoir, dramaturg, tilshunos, adabiyotshunos va maʼrifatparvar olim Abdurauf Fitrat tavalludining 140 yilligi munosabati bilan adabiy-maʼrifiy anjuman tashkil etildi.
Anjuman davomida Fitratning boy ilmiy-adabiy merosi, milliy uygʻonish harakatidagi oʻrni hamda oʻzbek adabiyoti va tilshunosligi rivojiga qoʻshgan hissasi haqida soʻz yuritildi.
Anjuman olib boruvchilari:
- Ruzmetov Shahzod Ulugʻbekovich — “Tillar” kafedrasi v.b. dotsenti;
- Akbarova Maftunaxon Orifjon qizi — oʻqituvchi.
Bunday maʼrifiy tadbirlar yosh avlodda milliy merosimizga hurmat, adabiyotga muhabbat va ajdodlarimizning ilmiy-maʼnaviy merosiga ehtirom tuygʻularini yuksaltirishga xizmat qiladi.