0

Sahifa yuklanmoqda

Biz saytni ishlab chiqmoqdamiz, yangiliklar bilan qaytamiz
+998 78 122 77 70
info@isfi.uz
Du-Ju: 09:00 - 18:00

Universitet nizomi

Universitet nizomi

                                                                    UMUMIY QOIDALAR

1. Afrasiab University (Afrasiab University) O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining 2022-yil 30 dekabrdagi โ„–056369-son litsenziyasi asosida faoliyatini amalga oshiradigan nodavlat oliy ta'lim muassasasi hisoblanadi.

2. Afrasiab University (keying o'rinlarda - Institut deb yuritiladi) nodavlat oliy ta'lim muassasasi hisoblanib, oliy ta'limning asosiy va qo'shimcha ta'lim dasturlarini bajarish bo'yicha ta'lim faoliyati bilan shug'ullanadi, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq o'quv-pedagogik, ilmiy-metodik va boshqa faoliyatdan iborat bo'lgan oliy ta'lim xizmatlarini ko'rsatadi.

3. Institut o'z faoliyatida nodavlat oliy ta'limga oid O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni va boshqa qonun me'yorlari, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalarining qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining normativ-huquqiy xujjatlaridagi tegishli talablar va mazkur Ustavga amal qiladi.

4. Institut yuridik shaxs hisoblanadi. Operativ boshqaruvidagi o'zining maxsus mol-mulkiga ega va ushbu mol-mulk bo'yicha o'z majburiyatlariga muvofiq javob beradi, o'z nomidan mol-mulk sotib olishi va mulkiy hamda nomulkiy huquqlarni amalga oshirishi, zimmasiga majburiyat olishi, sudda da'vogar va javobgar bo'lishi mumkin.

Mustaqil balansga, bank muassasalarida hisob-kitob va boshqa, shu jumladan valyuta bo'yicha hisob raqamlariga, o'z nomi yozilgan muhrga, shtamplar va boshqa rekvizitlarga ega.

Institut joylashgan asosiy manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Shayx shivli MFY, Shivli, pr 2-tor ko'chasi,1,3-uy.

Social Media

Obuna bo'ling sahifalarimizga
ijtimoiy tarmoqlarda

Biz haqimizdagi so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling