Universitetimiz talabalari va professor-oʻqituvchilari diqqatiga!
2026-yil 9-noyabr, dushanba kuni “ACADEMIC SCIENCE CLUB” faoliyati doirasida ilk mashgʻulot tashkil etiladi.
Mashgʻulot davomida klub faoliyatining asosiy yoʻnalishlari, ilmiy maqola va tezislar yozish, ilmiy loyihalar ustida ishlash hamda tadqiqotchilik koʻnikmalarini rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.
- Kun: 2026-yil 9-noyabr, dushanba
- Vaqt: 14:00
- Manzil: 2/4-auditoriya
Ilmga qiziqing, izlaning, yarating va oʻz gʻoyalaringiz bilan kelajakni oʻzgartiring!
Ilmiy salohiyatini rivojlantirishni istagan barcha talabalarni ilk mashgʻulotga taklif etamiz!