Afrasiab universiteti kitobxonlik chellenjiga start bermoqda. Loyihada universitetning barcha xodimlari va talabalari ishtirok etishlari mumkin.
Kitob oʻqing va pul mukofotini qoʻlga kiriting!
Chellenj uchun quyidagi kitoblar tanlangan:
- Ivan Aleksandrovich Goncharov — “Zamona zayli”;
- Abdulla Qahhor — “Sarob”.
Kitoblarni oʻqib tugatish muddati — 29-noyabr.
Gʻoliblar kitoblar yuzasidan tuzilgan 20 ta test savolini yechish orqali aniqlanadi. Test barcha ishtirokchilar uchun bir vaqtda boshlanadi.
Gʻoliblar quyidagi pul mukofotlari hamda rektor tomonidan imzolangan diplom bilan taqdirlanadi:
- 1-oʻrin — 300 000 soʻm;
- 2-oʻrin — 200 000 soʻm;
- 3-oʻrin — 100 000 soʻm.
Sovrinli oʻrin sohiblariga, shuningdek, rektor tomonidan imzolangan kitob ham sovgʻa qilinadi.