Afrasiab University Yurisprudensiya yoʻnalishining 5-, 6-, 7-, 8- va 9-guruh sardorlari ishtirokida navbatdagi hisobot yigʻilishi tashkil etildi.
Yigʻilish davomida guruh sardorlarining amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlari tinglanib, talabalar bilan ishlash samaradorligini oshirish, guruhlardagi faollikni kuchaytirish hamda universitet hayotidagi ishtirokni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, kelgusi oylar uchun ustuvor vazifalar va rejalar belgilab olinib, guruh sardorlariga tegishli tavsiyalar berildi.
Asosiy maqsad — faol, tashabbuskor va masʼuliyatli talabalar jamoasini shakllantirish!