2026-yil 6-noyabr kuni Afrasiab Universityda professor-oʻqituvchilar, magistrantlar hamda boshqa oliy taʼlim muassasalari ilmiy izlanuvchilari uchun “Ilmiy maqolani nashr qilish” blokining ilk ilmiy seminari boʻlib oʻtdi.
Maʼruzachi — Afrasiab University ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori, i.f.f.d. (PhD) Muyassarzoda Fayziyeva.
Seminar mavzusi: “Tadqiqotdan maqola topshirishgacha boʻlgan jarayon: umumiy koʻrinish”.
Seminar davomida quyidagi masalalar muhokama qilindi:
- Tadqiqotning asosiy bosqichlari: muammo → tadqiqot savoli → vazifalar → gipotezalar;
- Ilmiy boʻshliq (Research Gap) turlari va uni toʻgʻri aniqlash;
- Miqdoriy (Quantitative), sifat (Qualitative) va aralash (Mixed) tadqiqot yondashuvlari;
- Maqolani jurnalga topshirishdan nashrgacha boʻlgan jarayon: dastlabki tekshiruv (Desk Check), taqrizlash (Peer Review) va tahririyat qarorlari;
- Maqola qabul qilingandan keyingi bosqichlar.
Seminar yakunida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda ilmiy maqola tayyorlash va nashr etish jarayoniga oid bilimlarini yanada boyitdilar.
Ilmiy izlanish — yangi bilimlar, yangi imkoniyatlar va yuksak natijalar sari qadam!