AFRASIAB UNIVERSITY
0

Sahifa yuklanmoqda

Afrasiab University

Afrasiab Universityda OIV boʻyicha interaktiv viktorina oʻtkazildi


Afrasiab Universityda OIV boʻyicha interaktiv viktorina oʻtkazildi

Afrasiab Universityda “IMKONIYAT” Respublika jamoat birlashmasi va Zoomerlar tashabbuskor guruhi tomonidan WeEmpower loyihasi doirasida talabalar oʻrtasida OIV mavzusida interaktiv viktorina tashkil etildi.

Tadbirning asosiy maqsadi talabalarning OIV/OITS haqidagi bilimlarini oshirish, kasallikning yuqish yoʻllari, profilaktikasi va davolash usullari boʻyicha tushunchalarini mustahkamlash, shuningdek, OIV bilan yashovchi insonlarga nisbatan bagʻrikenglikni shakllantirish hamda stigma va diskriminatsiyaning oldini olishdan iborat boʻldi.

Viktorina davomida talabalar oʻz bilimlarini sinovdan oʻtkazib, OIV haqida ilmiy asoslangan maʼlumotlarga ega boʻldilar. Shuningdek, OIV bilan yashovchi insonlarga nisbatan hurmatli va kamsitishsiz munosabatda boʻlish muhimligi alohida taʼkidlandi.

Tadbir yakunida faol ishtirok etgan talabalarga “IMKONIYAT” Respublika jamoat birlashmasi tomonidan esdalik sovgʻalari topshirildi.

Toʻgʻri bilim — sogʻlom hayot, bagʻrikenglik esa insoniylik belgisidir!

Afrasiab Universityda OIV boʻyicha interaktiv viktorina oʻtkazildi