Afrasiab Universityda talabalar oʻrtasida intellektual salohiyatni namoyon etish, mantiqiy fikrlashni rivojlantirish va jamoaviy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan “Zakovat” intellektual oʻyini tashkil etildi.
Bellashuv davomida ishtirokchilar turli mavzulardagi savollarga javob izlab, oʻz bilimlari, tezkor fikrlash qobiliyati va topqirliklarini sinovdan oʻtkazdilar.
Oʻyin nafaqat bilimlar bellashuvi, balki jamoaviy ruh, doʻstona raqobat va yangi taassurotlarga boy boʻldi.
Bilim — kuch, tafakkur esa gʻalaba kaliti!