Yangi oʻquv yili boshlanmoqda! Yangi bilimlar, qiziqarli fanlar va oʻz ustida ishlash uchun yangi imkoniyatlar taqdim etiladi.
Fanlarni aʼlo darajada oʻzlashtirgan talabalar quyidagi kurslardan birida bepul taʼlim olishlari mumkin boʻladi:
- Ingliz tili kurslari: fanlarni aʼlo darajada oʻzlashtirgan faol talabalarning nufuzli oʻquv markazlarida bepul taʼlim olishlari taʼminlanadi.
- IT kurslari: yurtimizda va xorijda amaliyot oʻtab kelgan malakali IT mutaxassislari dars berishadi. Oʻzlashtirishi yaxshi talabalar ish bilan ham taʼminlanadi.
- Logistika kurslari: Amerikada logistika sohasida ishlagan mutaxassislar dars berishadi va bir vaqtning oʻzida ingliz tilini ham oʻrgatishadi.
Bundan tashqari, yana koʻplab loyihalar ustida amaliy ishlar olib borilmoqda. Ular haqidagi yangiliklar yaqin kunlarda taqdim etiladi.