Nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari assotsiatsiyasi raisi institutda maʼruza qildi
2025-yil 10-sentabr kuni Ijtimoiy va siyosiy fanlar institutiga (ISFI, hozirgi Afrasiab University) mamlakatdagi xususiy oliy taʼlim muassasalarini birlashtiruvchi nodavlat notijorat tashkilot — Oʻzbekiston Nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari assotsiatsiyasi raisi Nurimon Abulxasan tashrif buyurdi.
Institut va Assotsiatsiya oʻrtasidagi hamkorlik doirasida institut talabalari uchun “Globallashuvning xalqaro munosabatlarga taʼsiri” mavzusida maʼruza tashkil etildi.
Maʼruzada globallashuvning xalqaro munosabatlarga taʼsiri, davlatlar oʻrtasidagi hamkorlik va dunyodagi zamonaviy siyosiy jarayonlar yoritildi. Talabalar fikr almashish, savollar berish va mavzu boʻyicha bilimlarini chuqurlashtirish imkoniga ega boʻldilar.
Nodavlat tashkilotlar bilan bunday qoʻshma taʼlimiy tadbirlar talabalarning dunyoqarashini kengaytiradi, global jarayonlarni yaxshiroq tushunishga yordam beradi va ularning kelajakdagi kasbiy faoliyatga tayyorgarligini mustahkamlaydi. Tadbir quyidagi Barqaror rivojlanish maqsadlariga hissa qoʻshadi:
BRM 4 – Sifatli taʼlim
BRM 16 – Tinchlik, adolat va samarali institutlar
BRM 17 – Maqsadlar yoʻlidagi hamkorlik