Afrasiab University talabalari doʻstlik mavzusidagi onlayn chellenjda ishtirok etishga taklif etiladi.
Doʻstlaringiz bilan kreativ foto yoki video tayyorlang va uni shaxsiy ijtimoiy tarmoq sahifangizga joylashtirib, tanlovda ishtirok eting.
- Ishingizda doʻstlik va talabalik hayotini aks ettiring.
- Postingizga dostfest2026 tanlov heshtegini qoʻshing.
- Foto yoki videongizni tanlovga yuboring.
Eng kreativ va mazmunli ishlar universitetning rasmiy kanallarida eʼlon qilinadi hamda gʻoliblar munosib taqdirlanadi.
Doʻstlikni qadrlang va lahzalarni muhrlang!