Oʻzbekiston Respublikasi FVV Toshkent shahar Yunusobod tumani boshqarmasi bilan hamkorlikda fuqaro muhofazasi boʻyicha favqulodda vaziyatni bartaraf etishga qaratilgan maxsus taktik oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi.
Tadbirda FVV Toshkent shahar Yunusobod tumani inspektorlari — katta leytenant Abdualimov A., katta leytenant Tuychiyev A., leytenant Jafaraliyev J., professor-oʻqituvchilar va talabalar ishtirok etdi.
Tadbir davomida FVV tezkor xodimlari talaba-yoshlarga turli holatlarda qanday harakat qilish lozimligi borasida koʻrsatmalar berdi. Zilzila va shu kabi tabiiy ofatlar sodir boʻlganda xavfsizlik qoidalariga amal qilish, qanday pana joyga berkinish va evakuatsiya vaqtida qanday tartibda harakatlanish zarurligi haqidagi koʻrsatmalar talabalarda katta qiziqish uygʻotdi.
Shundan soʻng institut hududida maxsus taktik oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazildi.