AFRASIAB UNIVERSITY
0

Sahifa yuklanmoqda

Afrasiab University

“Giyohvandlik — umr zavoli” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi


“Giyohvandlik — umr zavoli” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-207-sonli Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida “Xavfsiz, sogʻlom yurt” oyligi doirasida “Giyohvandlik — umr zavoli” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda Yunusobod tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi Voyaga yetmaganlar va yoshlar profilaktikasini tashkil etish guruhi katta inspektori, podpolkovnik Zarimova Guljaxan Jengisovna hamda xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektor, kapitan Sotvoldiyeva Hilola, institutning barcha bosqich talabalari, boʻlim boshliqlari, professor-oʻqituvchilari va xodimlari ishtirok etdi.

Tadbir davomida tinglovchilarga narkotiklar va jinoyatchilikni nazorat qilish boshqarmasi hisobotiga koʻra, dunyoda giyohvand moddalar isteʼmol qiluvchilar soni soʻnggi 10 yil ichida 23 foizga oʻsib, 240 milliondan 296 million nafarga yetgani haqida maʼlumot berildi. Shuningdek, giyohvandlikning salbiy oqibatlari tushuntirildi.

“Giyohvandlik — umr zavoli” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi