Ijtimoiy va siyosiy fanlar instituti tomonidan anʼanaviy kitobxonlik chellenji davom ettirilmoqda. Loyiha ishtirokchilarga bilimini oshirish, fikrlash doirasini kengaytirish va pul mukofotlarini qoʻlga kiritish imkonini beradi.
Chellenjda institutning barcha xodimlari, professor-oʻqituvchilari va talabalari ishtirok etishlari mumkin.
Chellenj doirasida oʻqiladigan kitoblar:
- Chingiz Aytmatov — “Asrga tatigulik kun”
- Jeyms Klir — “Atom odatlar”
Kitoblarni oʻqib yakunlash muddati — 11-yanvar.
Gʻoliblar kitoblar asosida tuzilgan 20 ta savoldan iborat onlayn test orqali aniqlanadi. Test barcha ishtirokchilar uchun bir vaqtda boshlanadi.
Xodimlar va professor-oʻqituvchilar oʻrtasidagi mukofotlar:
- 1-oʻrin — 500 000 soʻm
- 2-oʻrin — 400 000 soʻm
- 3-oʻrin — 300 000 soʻm
Talabalar oʻrtasidagi mukofotlar:
- 1-oʻrin — 500 000 soʻm
- 2-oʻrin — 400 000 soʻm
- 3-oʻrin — 300 000 soʻm
Shuningdek, gʻolib talabalar rektor tomonidan imzolangan diplom bilan taqdirlanadi. 1-oʻrin sohiblariga rektor tomonidan imzolangan maxsus kitob sovgʻa qilinadi.