Ijtimoiy va siyosiy fanlar institutida “Maʼrifat darsi” mashgʻuloti boʻlib oʻtdi. Mashgʻulotni institutning Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi Sherzod Xoliqov olib bordi.
Dars davomida talaba-yoshlar bilan mamlakatimizda hamda xalqaro maydonda sodir boʻlayotgan siyosiy-ijtimoiy voqealar tahlil qilindi. Jumladan, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Namangan viloyatiga tashrifi, taʼlim tizimini rivojlantirish boʻyicha takliflar taqdimoti, maktabgacha taʼlim va maktab taʼlimi sohasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan maʼlumotlar taqdim etildi.
Shuningdek, “Kelajak soati” doirasida talabalar bilan “Bilim nima uchun kerak” mavzusida fikr almashildi va kerakli maʼlumotlar berildi.