Ijtimoiy va siyosiy fanlar institutida Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti yetakchiligi uchun saylov boʻlib oʻtdi.
Saylovda 100 ga yaqin delegat roziligiga koʻra kotibiyatning 3 nafar aʼzosi tasdiqlandi: yoshlar masalalari, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor Mamirov O.U., tyutor Usmonov Shohrux Farhod oʻgʻli va talaba Jasur Sobirov.
Boshlangʻich tashkilot yetakchiligiga 3 nafar talaba oʻz nomzodini taqdim etdi:
- Nusratillayev Abdurahmon Abduraufovich
- Muxiddinov Asliddin Nuriddin oʻgʻli
- Uzbekova Nozima Aʼzamovna
Nomzodlar oʻz saylovoldi dasturlari bilan ishtirok etib, rejalarini taqdim qildilar.
Yakuniy saylov natijalariga koʻra, eng koʻp ovoz toʻplagan Uzbekova Nozima Aʼzamovna institut yoshlar yetakchisi etib saylandi.