Ijtimoiy va siyosiy fanlar instituti Akademik faoliyat va ilmiy ishlar boʻyicha prorektori, pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori N.A. Beketov hamda Pedagogika va tillar kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori Z.J. Sarsenbaeva Shimkent universiteti rektori taklifiga binoan ushbu universitetga tashrif buyurishdi.
Tashrifning dastlabki kunida ikki oliy taʼlim muassasasi oʻrtasida taʼlim sifatini oshirish, ilmiy hamkorlikni kengaytirish va tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.
Bundan tashqari, tashrif davomida Shimkent universiteti talabalari va yosh tadqiqotchilari uchun institut professor-oʻqituvchilari tomonidan amaliy mashgʻulotlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.