Afrasiab Universityda universitet rahbariyati, professor-oʻqituvchilar, xodimlar, talabalar hamda soha mutaxassislari ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir mehmonlari:
- Primov Farhod Abdijabbarovich — Sarbon universiteti “Ommaviy-huquqiy fanlar” kafedrasi mudiri, yuridik fanlar doktori (DSc), professor;
- Boltayev Saijon Mamirjonovich — Toshkent shahar Shayxontohur tumani IIOFMB kiberprofilaktika boʻlinmasi boshligʻi, mayor;
- Abduraximov Mansur Murod oʻgʻli — kiberprofilaktika boʻlinmasi inspektori;
- Xoliyarova Mahbuba Sattorovna — Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi ekspert-mutaxassisi.
Suhbat davomida korrupsiyaning jamiyat va davlat taraqqiyotiga salbiy taʼsiri, uning oldini olishning huquqiy mexanizmlari, qonun ustuvorligi, shaffoflik va akademik halollik tamoyillari muhokama qilindi.
Shuningdek, mutaxassislar korrupsiyaviy xavf-xatarlar, ularning huquqiy oqibatlari, kiberjinoyatchilikning oldini olish hamda kundalik faoliyatda qonuniylik va halollik tamoyillariga rioya etish yuzasidan muhim tavsiya va fikrlarini bildirdilar.
Davra suhbati yakunida mehmonlarga universitet rahbariyati nomidan tashakkurnomalar topshirildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish — barchamizning umumiy masʼuliyatimiz!