AFRASIAB UNIVERSITY
0

Sahifa yuklanmoqda

Afrasiab University

Korrupsiyaga qarshi kurash mavzusida insholar tanlovi eʼlon qilindi


Korrupsiyaga qarshi kurash mavzusida insholar tanlovi eʼlon qilindi

Hurmatli talabalar!

Yoshlar orasida halollik, adolat, vatanparvarlik tuygʻularini mustahkamlash, korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida institutimizda insholar tanlovi eʼlon qilinadi.

Tanlovda quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha ishtirok etishingiz mumkin:

  • Korrupsiyaning jamiyat rivojiga salbiy taʼsiri
  • Halollik va poklik — yoshlar hayotining mezoni
  • Korrupsiyaga qarshi kurashda yoshlarning oʻrni
  • Kelajak poydevori — adolat va qonun ustuvorligi

Talablar:

  • Insho hajmi: 2–3 sahifa.
  • Adabiy til meʼyorlariga rioya qilingan boʻlishi.
  • Muallifning shaxsiy fikr va qarashlari yoritilgan boʻlishi.
  • Insho koʻchirilmagan, plagiatga yoʻl qoʻyilmagan boʻlishi kerak. Ishlar antiplagiat tizimida tekshiriladi.

Topshirish muddati: 15-dekabr.

Eng yaxshi insholar mualliflari diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi.

Korrupsiyaga qarshi kurash mavzusida insholar tanlovi eʼlon qilindi