Kompyuterdan samarali foydalanish, dasturlash tillarini oʻrganish va oʻz loyihalarini yaratishni istaganlar uchun kurslar boshlanmoqda.
Kurs davomida nimalarni oʻrganasiz?
- Kompyuter savodxonligining barcha asoslari (Word, Excel, PowerPoint, Canva);
- Dasturlashning amaliy usullari (Python, C++ va boshqa tillar);
- Loyihalar yaratish va ularni hayotga tatbiq etish yoʻllari;
- Sunʼiy intellekt va zamonaviy texnologiyalar bilan ishlash.
Oʻqituvchi: Musayev Fayzulloxon Ikrom oʻgʻli — Ijtimoiy va siyosiy fanlar instituti Raqamli texnologiyalar markazi rahbari, institut matbuot kotibi. U Malayziya va Qozogʻistonda amaliyot oʻtab, xalqaro tajriba orttirgan mutaxassis.
Kursning maqsadi: talabalarga nazariyani emas, amaliy bilimni berish. Darslarda ishtirokchilar oʻzlari kod yozadilar, kichik dasturlar yaratadilar va jamoa bilan haqiqiy loyiha ustida ishlaydilar.
Joylar soni cheklangan!
Bugun oʻrganing — ertaga oʻzingizning dasturingizni yarating!