Malayziyaning NARICO Enterprises kompaniyasi bosh direktori Dr Datuk Chris Tan bilan rasmiy uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuv davomida xalqaro taʼlim bozoridagi innovatsiyalar, integratsion loyihalar, taʼlim tizimini takomillashtirish va hozirgi xalqaro maydonda talab etilayotgan inson kapitalini yetishtirish boʻyicha mavjud strategiyalar haqida fikr almashildi.
Malayziya va Oʻzbekiston taʼlim tizimlaridagi mavjud muammolar va ularning zamonaviy yechimlari, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, innovatsion oʻquv dasturlari va taʼlim yoʻnalishlarini ishlab chiqish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, toʻrtinchi sanoat inqilobi talablariga mos akademik va ilmiy loyihalarni hamkorlikda rivojlantirish va integratsiyalash masalalari koʻrib chiqildi.
Dr Chris boshchiligida yaqin kelajakda mazkur faoliyatlar va hamkorlik yoʻnalishlari boʻyicha investitsion va strategik xalqaro loyihalarni yoʻlga qoʻyishga kelishib olindi.