Ijtimoiy va siyosiy fanlar institutida 1-oktyabr — Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan universitetning barcha xodimlari oʻrtasida shaxmat-shashka musobaqasi boʻlib oʻtdi.
Qizgʻin bahslar va koʻtarinki kayfiyatda oʻtgan musobaqada quyidagi natijalar qayd etildi:
Shaxmat boʻyicha:
- 1-oʻrin — Joʻrayev Ziyovuddin Muxitdinovich («Pedagogika va tillar» kafedrasi).
- 2-oʻrin — Zufarov Akbar Asatullyevich (Ishlar boshqarmasi, texnik foydalanish va xoʻjalik boʻlimi boshligʻi).
Shashka boʻyicha:
- 1-oʻrin — Parpi-Aliyev Elyor Baxtiyor oʻgʻli (Oʻquv-uslubiy boʻlim boshligʻi).
- 2-oʻrin — Zufarov Akbar Asatullyevich (Ishlar boshqarmasi, texnik foydalanish va xoʻjalik boʻlimi boshligʻi).
- 3-oʻrin — Beketov Nurseit Alijan oʻgʻli (Akademik faoliyat va ilmiy ishlar boʻyicha prorektor).
- 3-oʻrin — Karimov Abduvahob Abdusattorovich (Oʻquv-uslubiy boʻlim rahbari oʻrinbosari).
Gʻolib jamoalar 30-sentyabr kuni tashkil etiladigan bayram dasturida esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.