AFRASIAB UNIVERSITY
0

Sahifa yuklanmoqda

Afrasiab University

Stipendiyalar, olimpiadalar va tanlovlar haqida seminar-trening oʻtkazildi


Stipendiyalar, olimpiadalar va tanlovlar haqida seminar-trening oʻtkazildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari, nomdor stipendiyalar, xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar hamda musobaqalar haqida seminar-trening boʻlib oʻtdi.

Seminar davomida talabalar stipendiyalar turlari, ularga ariza topshirish tartibi hamda muvaffaqiyatga erishish yoʻllari haqida batafsil maʼlumotlarga ega boʻlishdi.

Seminar-trening Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi laureati, xalqaro ilmiy tanlovlar gʻolibi, filologiya fanlari doktori (DSc) Sarsenbaeva Zoya Jangabay qizi tomonidan olib borildi.

Seminar ishtirokchilariga motivatsion tavsiyalar ham berildi va ularning savollariga javoblar taqdim etildi.

Stipendiyalar, olimpiadalar va tanlovlar haqida seminar-trening oʻtkazildi