Ijtimoiy va siyosiy fanlar institutida “ISFI Talabalar ligasi” va “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida stol tennisi boʻyicha musobaqa boʻlib oʻtdi.
Qizgʻin va murosasiz kechgan oʻyinlar yakunida quyidagi talabalar sovrinli oʻrinlarni egalladi:
- 1-oʻrin — Xoldorov Ali Rustam oʻgʻli
- 2-oʻrin — Baxtiyorov Jasur Dilshod oʻgʻli
- 3-oʻrin — Ilhomboyev Jamolbek Jasur oʻgʻli
Gʻolib talabalarni tabriklaymiz! Taqdirlash marosimi 17-noyabr kuni tantanali tarzda boʻlib oʻtadi.
“Sport bilan yashang, gʻalaba bilan ilhom oling!”