Ijtimoiy va siyosiy fanlar instituti talabalari Aloqa tarixi muzeyiga tashrif buyurishdi. Sayohat davomida talabalar Oʻzbekiston aloqa tizimining tarixiy rivojlanish bosqichlari, telekommunikatsiya texnologiyalarining evolyutsiyasi hamda zamonaviy axborot texnologiyalarining imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdilar.
Muzeydagi qadimiy aloqa vositalaridan tortib, bugungi raqamli davrgacha boʻlgan eksponatlar talabalarda katta taassurot qoldirdi.
Har bir eksponat va har bir hikoya talabalarni oʻtmish bilan hozirgi zamon oʻrtasidagi bogʻliqlik haqida oʻylashga undadi.