AFRASIAB UNIVERSITY
0

Sahifa yuklanmoqda

Afrasiab University

Talabalar Qurolli Kuchlar davlat muzeyiga tashrif buyurdilar


Talabalar Qurolli Kuchlar davlat muzeyiga tashrif buyurdilar

Ijtimoiy va siyosiy fanlar instituti talabalarining maʼnaviy-maʼrifiy savodxonligini oshirish, ularni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari davlat muzeyiga tashrif amalga oshirildi.

Tashrif davomida talabalar yurtimiz harbiy tarixiga oid eksponatlar, qurollar, harbiy texnikalar hamda Vatan himoyachilarining jasoratini aks ettiruvchi materiallar bilan batafsil tanishdilar.

Mazkur tadbir yoshlarning Vatanga sadoqat, tarixiy merosga hurmat va masʼuliyat tuygʻusini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Talabalar Qurolli Kuchlar davlat muzeyiga tashrif buyurdilar