AFRASIAB UNIVERSITY
0

Sahifa yuklanmoqda

Afrasiab University

Talabalar yadro qurollarini tarqatmaslik boʻyicha BMT namunaviy majlisida qatnashdi


Talabalar yadro qurollarini tarqatmaslik boʻyicha BMT namunaviy majlisida qatnashdi

2025-yil 8-oktabr kuni Ijtimoiy va siyosiy fanlar instituti Xalqaro munosabatlar yoʻnalishi 3-kurs talabalari oʻrtasida yadro qurollarini tarqatmaslik masalasiga bagʻishlangan Birlashgan Millatlar Tashkilotining navbatdagi namunaviy majlisi yuqori saviyada boʻlib oʻtdi.

Mazkur tadbir talabalarning maʼruzalarda oʻzlashtirgan nazariy bilimlarini amaliy jarayonda sinovdan oʻtkazish, shuningdek, muzokara olib borish, diplomatik muloqot yuritish, jamoada ishlash hamda tahliliy fikrlash kabi muhim koʻnikmalarini yanada rivojlantirishga xizmat qildi.

Muzokaralar davomida har bir talaba oʻziga biriktirilgan davlat nomidan rasmiy delegat sifatida ishtirok etib, yadro qurollarini tarqatmaslik masalasida oʻsha mamlakatning rivojlanish strategiyasi va siyosiy pozitsiyasini himoya qildi.

Bunday namunaviy majlislar yoshlarning xalqaro maydonda faol, bilimli va diplomatik fikrlovchi mutaxassislar sifatida shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Talabalar yadro qurollarini tarqatmaslik boʻyicha BMT namunaviy majlisida qatnashdi