AFRASIAB UNIVERSITY
0

Sahifa yuklanmoqda

Afrasiab University

“Tillar” kafedrasida ilmiy faoliyat masalalari muhokama qilindi


“Tillar” kafedrasida ilmiy faoliyat masalalari muhokama qilindi

Afrasiab University ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori Fayziyeva M. tomonidan avval ilmiy koordinatorlar uchun seminar tashkil etildi. Prorektor koʻrsatmasiga muvofiq, unda koʻtarilgan masalalar keyinchalik kafedralarda ham yoritib berildi.

Shu doirada “Tillar” kafedrasida ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, ilmiy faoliyat samaradorligini oshirish va professor-oʻqituvchilarning ilmiy salohiyatini yuksaltirishga bagʻishlangan suhbat-seminar oʻtkazildi.

Seminarda quyidagi masalalar muhokama qilindi:

  • Universitetda ilmiy seminar va konferensiyalarni tashkil etish;
  • Ilmiy seminarlar faoliyatini yoʻlga qoʻyish;
  • DORA deklaratsiyasi va uning ilmiy faoliyatdagi ahamiyati;
  • Scopus xalqaro ilmiy bazasidagi jurnallarda maqolalar chop etish;
  • “Ustoz-shogird” tizimini rivojlantirish;
  • Professor v.b. va dotsent v.b. lavozimlarini egallash tartibi hamda tegishli nizomlar talablari.

Mazkur seminar kafedrada ilmiy faoliyatni takomillashtirish, xalqaro ilmiy nashrlardagi faollikni oshirish hamda professor-oʻqituvchilarning ilmiy va kasbiy rivojlanishini qoʻllab-quvvatlashga xizmat qiladi.

“Tillar” kafedrasida ilmiy faoliyat masalalari muhokama qilindi