Pedagogika yoʻnalishi sirtqi taʼlim 2-kurs talabalari bilan “Xalq pedagogikasi” va “Art pedagogika” fanlari integratsiyasi asosida “Xalq pedagogikasiga kreativ yondashuv” mavzusida amaliy mashgʻulot oʻtkazildi.
Mashgʻulot davomida talabalar quyidagi qiziqarli va ijodiy metodlar orqali faol qatnashdilar:
- “Tarbiya mozaikasi”
- “Qadriyatlar daraxti”
- “Musiqa orqali his qil”
- “Iliq kayfiyat ulash”
Ushbu metodlar orqali talabalar:
- xalqimizda unutila boshlagan qadriyatlarni qayta esladilar;
- milliy anʼanalarning mazmunini chuqurroq angladilar;
- ijodiy tafakkur va tasavvurlarini rivojlantirdilar;
- darslarda kreativ yondashuvning naqadar muhimligini his qildilar.
Mashgʻulot nafaqat bilim, balki ilhom, ijodkorlik va pozitiv kayfiyat hadya etdi.