Afrasiab University Yurisprudensiya yoʻnalishi guruh sardorlarining 2-hisobot yigʻilishi doirasida faolligi, tashabbuskorligi va masʼuliyati bilan alohida ajralib turgan sardorlar turli nominatsiyalar boʻyicha taqdirlandilar.
Taqdirlash marosimi Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor Abdullayev Akmal Amirovich tomonidan tantanali ravishda oʻtkazildi.
Tadbir davomida faol guruh sardorlarining universitet hayotidagi ishtiroki, jamoatchilik ishlaridagi faolligi, ilgari surgan tashabbuslari hamda talabalarga namuna boʻlayotgan jihatlari eʼtirof etildi.
Mazkur tadbirlarni tashkil etish va muvofiqlashtirish ishlariga Talabalar menejeri Abduraximov Sanjar Rasulovich boshchilik qildi.
Bunday eʼtirof va ragʻbatlantirishlar talabalar oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish, yangi tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash hamda yoshlarning universitet hayotidagi faolligini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Faollik — eʼtirofga, tashabbus esa yuksak natijalarga munosib!