Fayziyeva Muyassarzoda Xancharovna
Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor, i.f.f.d., (PhD)
Asosiy vazifalari
- Universitetning ilmiy va innovatsion faoliyatini strategik rejalashtirish, amalga oshirish va choraklik monitoring ishlarini tashkil etish;
- Professor-o’qituvchilarning xalqaro Scopus bazasida indekslangan nashrlar sonini va yuqori kvartil (Q1–Q2) ko’rsatkichini oshirish, ORCID, Google Scholar va Scopus Author ID profillarini shakllantirishda;
- Davlat va xalqaro grant dasturlari hamda xo’jalik shartnomalari orqali ilmiy loyihalarga mablag’ jalb qilish;
- Tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchilik instituti faoliyatini tashkil etish;
- Dissertatsiya himoyasi bo’yicha Ilmiy kengash faoliyatini tashkil etish va ilmiy unvon hujjatlarini OAKka yo’naltirish jarayonini tashkil etish va boshqarish;
- Kafedralarning yillik ilmiy-tadqiqot rejalarini tasdiqlash, ilmiy koordinatorlar tarmog’ini shakllantirish va hisobotlarni muvofiqlashtirish;
- Xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy konferensiyalarni rasmiy tartibda tashkil etish, universitetning ilmiy jurnalini OAK talablariga muvofiq yo’lga qo’yish;
- Professor-o’qituvchilar va doktorantlar uchun ilmiy metodologiya, statistika va maqola yozish bo’yicha ilmiy seminar va treninglar tashkil etish;
- Iqtidorli talabalarni ilmiy faoliyatga jalb qilish va ularning ilmiy salohiyatini rivojlantirishga ko’maklashish;
- Universitet talabalari ilmiy konferensiyasini yuqori saviyada tashkil etish va o’tkazish;
- Talabalarning Prezident va nomli davlat stipendiyalariga nomzod bo’lish jarayonini muvofiqlashtirish;
- Ilmiy etika komissiyasi faoliyatini tashkil etish va tadqiqotlarning ilmiy etika standartlariga muvofiqligini nazorat qilish;
- Universitetning Oliy ta’lim tashkilotlari milliy reytingidagi ko’rsatkichlarini yaxshilash hamda THE World University Rankings, UI GreenMetric Sustainable University Rankings, THE Sustainability Impact Ratings va Webometrics kabi xalqaro reytinglarda universitetning dastlabki ishtirokini ta’minlash.
Faoliyat yo’li
- 2021–2022 yy. - Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Inson resurslarini boshqarish kafedrasi assistenti
- 2022 y. - TDIU Ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar bo’limi 1-toifali muhandisi
- 2022–2024 yy. - TDIU Ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar departamenti tarkibidagi ilmiy jurnal va xalqaro nashriyot bazalari bilan ishlash bo’limi bosh mutaxassisi
- 2024–2025 yy. - Alfraganus universiteti xalqaro ilmiy jurnallar va reytinglar bilan ishlash departamenti bosh mutaxassisi
- 2026-yildan buyon - Toshkent xalqaro universiteti tadqiqotchisi (DSc) va Afrasiab University Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori
Ilmiy faoliyat
Iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun «Raqamli moliyaviy xizmatlar samaradorligini baholash metodologiyasini takomillashtirish» mavzusida dissertatsiya ustida ish olib bormoqda (08.00.16 - Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya ixtisosligi, Toshkent xalqaro universiteti).
Xalqaro Scopus/Web of Science bazalariga kiruvchi jurnallarda va nufuzli xalqaro konferensiyalarda bir qator ilmiy maqola va tezislar muallifi.
Jahon banki, Clarivate Analytics (Web of Science) kabi xalqaro tashkilotlarning ilmiy faoliyatni baholash va sertifikatlash dasturlarini muvaffaqiyatli tamomlagan. Shuningdek, yosh tadqiqotchilarni ilmiy metodologiya asoslari, tadqiqot jarayoni, Scopus/WoS xalqaro bazalarida indekslangan jurnallarga maqolalar tayyorlash va ilmiy jurnallar bilan ishlashga o’rgatish bo’yicha tajribaga ega.
Ilmiy va professional profillari: