Ijtimoiy va siyosiy fanlar instituti kitobxonlik chellenjiga start beradi. Loyiha ishtirokchilari kitob oʻqib, pul mukofotlarini qoʻlga kiritishlari mumkin.
Loyihada institutning barcha xodimlari va talabalari ishtirok etishlari mumkin.
Chellenj uchun Brayan Treysining “Samaradorlikning 21 yoʻli” kitobi tanlangan. Kitobni oʻqib tugatish muddati — 7-dekabr.
Gʻoliblar kitob yuzasidan tuzilgan 10 ta onlayn test savoliga javob berish orqali aniqlanadi. Test barcha ishtirokchilar uchun bir vaqtda boshlanadi.
Gʻolib xodimlar va professor-oʻqituvchilar uchun mukofotlar:
- 1-oʻrin — 500 000 soʻm;
- 2-oʻrin — 400 000 soʻm;
- 3-oʻrin — 300 000 soʻm.
Gʻolib talabalar uchun mukofotlar:
- 1-oʻrin — 500 000 soʻm;
- 2-oʻrin — 400 000 soʻm;
- 3-oʻrin — 300 000 soʻm.
Gʻolib talabalar pul mukofoti hamda rektor tomonidan imzolangan diplom bilan taqdirlanadi. Birinchi oʻrin sohiblariga, shuningdek, rektor tomonidan imzolangan kitob sovgʻa qilinadi.