Hurmatli talabalar!
Yoshlar orasida halollik, adolat, vatanparvarlik tuygʻularini mustahkamlash, korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida institutimizda insholar tanlovi eʼlon qilinadi.
Tanlovda quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha ishtirok etishingiz mumkin:
- Korrupsiyaning jamiyat rivojiga salbiy taʼsiri
- Halollik va poklik — yoshlar hayotining mezoni
- Korrupsiyaga qarshi kurashda yoshlarning oʻrni
- Kelajak poydevori — adolat va qonun ustuvorligi
Talablar:
- Insho hajmi: 2–3 sahifa.
- Adabiy til meʼyorlariga rioya qilingan boʻlishi.
- Muallifning shaxsiy fikr va qarashlari yoritilgan boʻlishi.
- Insho koʻchirilmagan, plagiatga yoʻl qoʻyilmagan boʻlishi kerak. Ishlar antiplagiat tizimida tekshiriladi.
Topshirish muddati: 15-dekabr.
Eng yaxshi insholar mualliflari diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi.