AFRASIAB UNIVERSITY
0

Sahifa yuklanmoqda

Afrasiab University

Qishki taʼtilda individual onlayn “Zakovat” oʻyini oʻtkaziladi


Qishki taʼtilda individual onlayn “Zakovat” oʻyini oʻtkaziladi

Hurmatli talabalar!

Institutimizda har oyda ikki marta oʻtkazib kelinadigan “Zakovat” intellektual oʻyini qishki taʼtil davomida onlayn formatda tashkil etiladi.

Bu safar oʻyin jamoaviy emas, individual tarzda boʻlib oʻtadi.

Onlayn “Zakovat” Telegram guruhida videochat orqali tashkil etiladi.

Gʻoliblar diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi.

Oʻyin sanasi va vaqti haqidagi qoʻshimcha maʼlumotlar “Zakovat” Telegram guruhida eʼlon qilinadi.

Barcha faol va bilimga chanqoq talabalarni individual onlayn “Zakovat”da ishtirok etishga chorlaymiz!

Bilim bilan qishki taʼtilni mazmunli oʻtkazing!

Qishki taʼtilda individual onlayn “Zakovat” oʻyini oʻtkaziladi