2025-yil 26-noyabr kuni Malayziyaning Sulton Idris pedagogika universiteti (Sultan Idris Education University) bilan Zoom platformasi orqali onlayn uchrashuv boʻlib oʻtdi. Muloqot davomida ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari atroflicha muhokama qilindi.
Uchrashuv chogʻida quyidagi masalalar boʻyicha fikr almashildi:
- Koʻp tarmoqli hamkorlik loyihalarini yoʻlga qoʻyish;
- Qoʻshma taʼlim dasturlarini tashkil etish;
- Talabalar almashinuvi dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
- Ilmiy tadqiqotlar, akademik almashinuv va malaka oshirish boʻyicha qoʻshma tashabbuslarni rivojlantirish.
Uchrashuv iliq va samarali ruhda oʻtib, tomonlar kelgusida oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish boʻyicha aniq kelishuvlarga erishdilar.
Mazkur uchrashuv ikki oliy taʼlim muassasasi oʻrtasidagi akademik aloqalarni yanada mustahkamlash hamda yangi qoʻshma loyihalarni yoʻlga qoʻyishda muhim qadam boʻldi.
Universiti Pendidikan Sultan Idris (UPSI)ning jahon reytinglaridagi oʻrni
2026-yilgi QS World University Rankings (QS WUR) reytingida UPSI dunyo miqyosida 851–900-oʻrinlar oraligʻida joylashgan. THE reytingida universitet 601–800-oʻrinlar, QS reytingida esa 851–900-oʻrinlar oraligʻida qayd etilgan.
Bu koʻrsatkich UPSIning dunyodagi taxminan eng yaxshi 900 ta oliy taʼlim muassasasi qatoriga kirishini hamda xalqaro miqyosda tan olingan va nufuzli universitetlardan biri ekanini koʻrsatadi.