AFRASIAB UNIVERSITY
0

Sahifa yuklanmoqda

Afrasiab University

Xalqaro valyuta jamgʻarmasi mavzusida ochiq dars oʻtkazildi


Xalqaro valyuta jamgʻarmasi mavzusida ochiq dars oʻtkazildi

2025-yil 25-noyabr kuni Iqtisodiyot yoʻnalishining 01–24 guruhi talabalari bilan «Xalqaro valyuta jamgʻarmasi» mavzusida ochiq dars tashkil etildi. Darsni iqtisodiyot fanlari boʻyicha PhD, dotsent Z.A. Orzuqulova olib bordi.

Darsga Iqtisodiyot yoʻnalishining 3- va 4-bosqich talabalari ham tinglovchi sifatida taklif etildi.

Mashgʻulot davomida Xalqaro valyuta jamgʻarmasining faoliyati, maqsadlari, vazifalari va shakllanish tarixi haqida batafsil maʼlumotlar berildi. Talabalar savollarga faol javob berib, berilgan topshiriqlarni muvaffaqiyatli bajardilar.

Mashgʻulot talabalar uchun xalqaro iqtisodiy munosabatlarni chuqurroq anglash imkonini berdi.

Xalqaro valyuta jamgʻarmasi mavzusida ochiq dars oʻtkazildi